

Filologiya · Ilmiy maqola · Ochiq kirish
Ushbu maqolada O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tog‘ay Murodning «Yulduzlar mangu yonadi», «Oydinda yurgan odamlar» va «Otamdan qolgan dalalar» asarlarida qo‘llangan shevaga xos so‘zlar aniqlanib, ularning adabiy tildagi variantlari bilan qiyoslangan. Uch asardan 42 ta sheva birligi ajratib olinib, leksik, fonetik va grammatik turlarga bo‘lingan. Tahlil natijasida Surxon vohasi shevalariga, xususan, qipchoq lahjasiga xos belgilar yozuvchi tilida badiiy vosita sifatida xizmat qilishi ko‘rsatib berilgan.