1.Umumiy qoidalar
- Ushbu ommaviy oferta (keyingi o‘rinlarda - Oferta) “TRYLAB” mas’uliyati cheklangan jamiyati (STIR 313 411 121, keyingi o‘rinlarda - Ijrochi) tomonidan UniPublish Journal of Science nomi ostida unipublish.org sayti va UniPublish Telegram boti orqali ko‘rsatiladigan nashr xizmatlari shartlarini belgilaydi.
- Maqolani yuborgan va uni nashr qilish uchun to‘lov qilgan shaxs - Muallif. Nashr to‘lovini amalga oshirish Ofertaning to‘liq va so‘zsiz qabul qilinishi (aksept) hisoblanadi. To‘lovni Muallif nomidan boshqa shaxs ham qilishi mumkin.
- Oferta shu sahifada e’lon qilingan paytdan boshlab, qaytarib olinguncha amal qiladi. Yangi tahriri e’lon qilingandan keyin to‘langan maqolalarga qo‘llanadi.
2.Oferta predmeti
- Ijrochi Muallifning ilmiy maqolasini UniPublish Journal of Science jurnalida (yoki saytda o‘tkaziladigan konferensiya to‘plamida) nashr qiladi. Xizmat tarkibi: maqolani jurnal talablariga muvofiqligini tahririyat ko‘rigi, tahrir, sahifalash, maqola PDF fayli, har bir muallif va ilmiy rahbarga QR kodli sertifikat, maqolani saytda ochiq kirishda onlayn nashr qilish va sonning to‘liq to‘plamiga kiritish.
- Tahririyat ko‘rigi to‘liq ilmiy taqriz (peer review) emas. Ijrochi maqolaning biror aniq bazaga kiritilishini va’da qilmaydi: sayt Google Scholar kabi ilmiy qidiruv tizimlari uchun ochiq, ularning indekslash qarorlari o‘zlariga bog‘liq.
3.Xizmat narxi
- Maqola nashri narxi maqola to‘lov bosqichiga o‘tganda Telegram botda va shu maqolaning to‘lov sahifasida (unipublish.org/pay/<maqola kodi>) ko‘rsatiladi. Shu paytda ko‘rsatilgan narx ushbu maqola uchun qat’iy hisoblanadi.
- Bitta to‘lov mualliflar sonidan qat’i nazar bitta maqola uchun. Maqolada ko‘rsatilgan har bir muallif va ilmiy rahbarga sertifikat beriladi. Maqolani tahririyatga yuborish bepul.
4.To‘lov tartibi
- To‘lov Rahmat Pay (Multicard) orqali to‘lov sahifasida ko‘rsatilgan usullar bilan qabul qilinadi: Click, Payme, Paynet, Uzum, Xazna yoki Oson.
- To‘lov tizimi to‘lovni tasdiqlagan payt to‘lov amalga oshirilgan hisoblanadi. Har bir to‘lov uchun fiskal chek beriladi. Ijrochi karta ma’lumotlarini olmaydi va saqlamaydi. To‘lovning o‘zi maqola qabul qilinganini anglatmaydi: maqola so‘ng 5-band bo‘yicha ko‘rib chiqiladi.
- To‘lov sahifasi ishlamagan hollarda Ijrochi to‘lovni kartaga o‘tkazma va botga yuborilgan chek skrinshoti orqali qabul qilishi mumkin; bunda to‘lov tahririyat chekni tasdiqlagan payt amalga oshirilgan hisoblanadi.
5.Xizmat ko‘rsatish muddatlari
- Bot orqali yuborilgan maqola to‘lov bosqichiga o‘tadi. To‘lov tasdiqlangach tahririyat maqolani odatda 24 soat ichida ko‘rib chiqadi va uni nashrga qabul qiladi yoki rad etadi. Rad etilgan maqola uchun to‘lov 6-band bo‘yicha qaytariladi.
- Nashrga qabul qilingan maqola 24 soat ichida saytda nashr qilinadi, PDF fayl va sertifikatlar Muallifga Telegram bot orqali yuboriladi.
- Jurnal soni oy oxirida yopiladi va uning to‘liq PDF to‘plami bot foydalanuvchilariga yuboriladi. Texnik sabab bilan nashr kechiksa, Ijrochi bu haqda Muallifga bot orqali xabar beradi.
6.Pulni qaytarish
- Maqola nashr qilinmasa (tahririyat to‘lovdan keyin uni rad etsa yoki Muallif nashrdan oldin maqolani qaytarib olsa), to‘lov to‘liq qaytariladi.
- Maqola nashr qilingandan keyin pul qaytarilmaydi, shu jumladan nashr qilingan maqola 7-bandda ko‘rsatilgan nashr etikasi buzilgani uchun qaytarib olinganda ham.
- Pulni qaytarish UniPublish Telegram botidagi “Murojaat” bo‘limi, email orqali yoki +998 99 941 05 21 telefoni orqali, maqola kodini ko‘rsatib so‘raladi. Pul 10 ish kuni ichida to‘lov qilingan karta yoki hisobga qaytariladi.
8.Ijrochining majburiyatlari va huquqlari
- Ijrochi qabul qilingan va to‘langan maqolani 5-banddagi muddatlarda nashr qiladi, uni CC BY 4.0 litsenziyasi bilan ochiq kirishda saqlaydi va sertifikatlarni beradi.
- Mualliflik huquqi mualliflarda qoladi; to‘lov qilish bilan Muallif Ijrochiga maqolani CC BY 4.0 shartlarida nashr qilish, saqlash va tarqatish huquqini beradi.
- Ijrochi jurnal talablari yoki nashr etikasiga mos kelmaydigan maqolani tuzatishga qaytarish yoki rad etish huquqiga ega.
9.Javobgarlik
- Maqola mazmuni uchun mualliflar javobgar.
- Ijrochi to‘lov tizimlari, aloqa operatorlari yoki Telegram ishidagi uzilishlar, shuningdek uchinchi shaxslar (ilmiy bazalar) qarorlari uchun javob bermaydi. Ijrochining javobgarligi maqola uchun to‘langan summa bilan cheklanadi.
10.Shaxsiy ma’lumotlar
- Shaxsiy ma’lumotlar Maxfiylik siyosatiga muvofiq qayta ishlanadi: unipublish.org/privacy.
11.Nizolarni hal qilish
- Nizolar muzokaralar yo‘li bilan, kelishilmasa O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi sudlarida hal qilinadi.
12.Ijrochining rekvizitlari
- Ijrochi
- “TRYLAB” mas’uliyati cheklangan jamiyati
- Rahbar
- Makhsudkhon Ismatullaev (Founder & CEO)
- STIR
- 313 411 121
- Manzil
- Samarqand viloyati, Oqdaryo tumani, Loyish, Pichoqchi MFY, Pichoqchi ko‘chasi, 182-uy
- Bank
- AT “AloqaBank”, MFO 00401, hisob raqami 20208000107555622001
- Telefon
- +998 99 941 05 21
- Elektron pochta
- Email orqali yozish
- Telegram
- Telegram bot
Maxfiylik siyosati: unipublish.org/privacy