

Economics · Research article · Open access
Mazkur maqolada tashkilotning ichki muhitini baholashning nazariy va amaliy jihatlari, resurslarning strategik ahamiyati, dinamik imkoniyatlarning shakllanishi hamda asosiy kompetensiyalarning barqaror raqobat ustunligini ta’minlashdagi o‘rni tadqiq etiladi. Tadqiqotning nazariy asosini J. Barney tomonidan ishlab chiqilgan resurslarga asoslangan yondashuv (Resource-Based View — RBV) hamda D. Teece, G. Pisano va A. Shuen tomonidan rivojlantirilgan dinamik imkoniyatlar nazariyasi tashkil etadi. Tadqiqot obyekti sifatida O‘zbekistonning maishiy texnika ishlab chiqarish sohasida faoliyat yurituvchi Artel Electronics kompaniyasi tanlangan. Kompaniya faoliyati resurslarga asoslangan yondashuv (RBV), dinamik imkoniyatlar nazariyasi va VRIO modeli asosida tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida moddiy, moliyaviy, inson kapitali va texnologik resurslarning o‘zaro uyg‘unligi tashkilotning raqobatbardoshligini ta’minlashdagi muhim omil ekanligi asoslanadi.