

Economics · Research article · Open access
Maqolada yo‘l va temir yo‘l tarmog‘i hududlarning iqtisodiy rivojlanishiga qaysi yo‘llar bilan ta’sir qilishi o‘rganilgan. Davlat kapitali unumdorligi, yangi iqtisodiy geografiya va savdo xarajatlari bo‘yicha yondashuvlar solishtirilgan. O‘zbekistonning 13 ta hududi bo‘yicha 2025-yilgi rasmiy ma’lumotlar asosida yo‘llar bilan ta’minlanganlik va aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot o‘rtasidagi bog‘liqlik korrelyatsion va regressiya tahlili yordamida baholangan, hududlarning to‘rt guruhli tipologiyasi tuzilgan. Angren–Pap temir yo‘li misolida loyihaning tashish xarajatlariga ta’siri, PF-21-son Farmon misolida esa davlatning 2030-yilgacha bo‘lgan transport maqsadlari tahlil qilingan. Natijalar asosida har bir guruh uchun alohida transport siyosati taklif etilgan.